Pearson BTEC dasturining kasbiy malakalarini o‘qitish bo‘yicha Prezident Huzuridagi Loyihalarni Boshqarish Milliy Agentligi (LBMA) hamda Biznes va Boshqaruv Respublika Oliy Maktabi (BBROM) bilan hamkorlik qilib keladi.

Read more

BTEC – bu:

  • professoinal malakalar
  • o‘quvchilarni zaruriy professional bilim, amaliy ko‘nikmalar va tushunchalar bilan qurollash
  • ta'lim berishni real hayotdan olingan ishdagi vaziyatlarda qo‘llash
  • butun dunyo bo‘ylab ish beruvchilar tomonidan tan olingan ta'lim.

O‘zbekistonda BTEC

O‘zbekistonda mavjud BTEC malakalari xalqaro miqyosda tan olingan qat'iy standartlar va xalqaro hamda mahalliy ish beruvchilar bilan keng tartibda olib borilgan muzokaralar asosida ishlab chiqilgan. Bu esa, o‘z navbatida, BTECning malakalari O‘zbekiston sharoiti uchun maxsus ishlab chiqilgan amaliy ko‘nikma va bilimlarni berishini anglatadi. Har bir malaka o‘zbek va rus tillarida o`qitiladi.

O‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun tayyorlangan materiallar ta’lim berish va amaliy baholashda yordam beradi. O‘quv-uslubiy materiallarga ish daftarlari, darsliklar va kursni rejalashtirish bo‘yicha qo‘llanma kiradi.